Fargʻona viloyati IIB boshligʻining birinchi oʻrinbosari, polkovnik I.Tillayev Qoʻshtepa hamda atrof tumanlardagi yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi
Har qanday davlatning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon boʻlishi oʻsha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor bilan chambarchas bogʻliq.
Prezidentimiz tashabbusi bilan soʻnggi yillarda yoshlar uchun imkoniyatlar eshigi shu qadar keng ochib berildiki, bunday imtiyoz va imkoniyatlar hech bir davlatda yoʻqligini baralla ta’kidlash mumkin.
Ehtiyojmad va muammosi bor yoshlarning mutasaddi rahbarlarga biriktirilishi esa ularning hayotda oʻz yoʻlini oson topishlarida yordam va amaliy koʻmak boʻlmoqda.
Jumladan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari, polkovnik Ilxom Tillayev Qoʻshtepa tumanidagi Yoshlar markazida oʻgʻil-qizlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuv davomida yigirma nafardan ziyod oʻgʻil-qizlarning murojaatlari tinglandi. Ta’lim krediti, ijtimoiy yordam, ishga joylashish, tibbiy yordam olish kabi yoʻnalishlardagi murojaatlarning aksariyati shu yerning oʻzida ijobiy hal qilindi.
Yana bir e’tiborlisi jihati, tadbir davomida yoshlarga badiiy kitoblar ham sovgʻa qilindi.
Shu kuni ijtimoiy axvoli ogʻir boʻlgan yoshlar istiqomad qilayotgan honadonlarga ham borildi.
Ilxom Tillayev Quva tumanidagi ana shunday tadbirlarda bevosita ishtirok etib, oilalarni moddiy va ma’naviy jihatdan qoʻllab quvvatlash, yashash sharoitini yaxshilash, xonadonlarning qurilish va ta’mirlash ishlariga yordamlashish boʻyicha oʻz koʻrsatmalarini berdi. Uy sohiblarining maqsad muddaolari tinglanib, mavjud muammoli masalalar tez fursatlarda bartaraf etiladigan boʻldi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati