Fargʻona viloyati IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari, polkovnik Muhiddin Joʻrayev Soʻx tumanida boʻlib, obektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini oʻrgandi
Sektor rahbari oʻrganishlarni tumandagi umumta’lim maktablaridan boshladi. Maktablarning kuz-qish mavsumiga tayyogarlik holati, isitish tizimlarining sozligi hamda oʻquv jarayoniga tayyorgarlik ishlari koʻzdan kechirildi.
Xalq ta’limi boʻlimi mutasaddi rahbarlari va maktab ma’muriyatiga kuz-qish mavsumini betalofat oʻtkazish, muassasadagi issiqlikni me’yorida saqlash, oʻquvchi-yoshlar xavfsizligini ta’minlash boʻyicha zarur topshiriqlar berdi.
Shuningdek, sektor rahbari tuman tibbiyot birlashmasida kuz qish mavsumiga tayyorlik, honalarning harorati, bemorlar uchun yaratilgan sharoyitlarni ham oʻrgandi. Yoqilgʻi zahirasi tashkil etilganlagini koʻzdan kechirdi.
Boshqarma boshligʻi mast holatdagi fuqarolarni tibbiy reabilitatsiya qilish punktini ham borib koʻrdi. Bu yerda yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash borasida oʻz takliflarini bildirdi.
Shu kuni yana bir qator ob’yektlarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini oʻrganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab, ijrosi nazoratga olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati