Fargʻona viloyati IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari, polkovnik Muhiddin Joʻrayev Buvayda tumanida oʻrganishlar olib bordi
Dastlab sektor rahbari tuman markaziy dehqon bozorida aholiga yaratilgan shart-sharoitlar, narx-navo hamda sanitariya holati bilan yaqindan tanishdi.
Tuman markaziy shifoxonasining qabulxona, tugʻruq kompleksi, bolalar, xirurgiya, patologiya, terapiya va shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham oʻrganildi. Muassasadagi isitish tizimining soz holatda, bir me’yorda ishlashini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarda samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Muhiddin Joʻrayev tuman sektor rahbarlari tashabbusi bilan Yashnarobod MFYda tashkil etilgan sahovat tadbirida ham ishtirok etdi. Bu yerda osh damlanib, aholiga bepul tarqatildi.
Sektor rahbari shu yerda fuqarolar bilan suhbatlashib, ularning muammo va takliflarini ham tinglandi. Xal etilishi lozim boʻlgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga zarur topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati