25 Iyun 2022 yil 411

Fargʻona viloyati IIB 1-mintaqaviy hudud PPX otryad xodimlari jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida tunu kun xushyor xizmat olib bormoqda

Otryad xodimlari xizmat jarayonida fuqarolar orasida tigʻli jismlar bilan bogʻliq jinoyatlarning ortib borayotganligini inobatga olib, bunday jismlarni olib yurmaslik boʻyicha profilaktik tushuntirish ishlarini tashkil etishga alohida ahamiyat qaratmoqdalar.

Tungi vaqtlarda koʻchalarda qarovsiz va nazoratsiz yurgan voyaga yetmaganlar bilan profilaktik suhbat oʻtkazilib, inspektor-psixologlarga topshirilmoqda.

Bundan tashqari, tungi vaqtlarda velosiped oʻgʻirliklarining oldini olishga ham jiddiy e’tibor qaratilyapti. Shu maqsadda koʻp qavatli uylar zinalari va koʻchalarda qarovsiz qoldirilgan velosiped egalari aniqlanib, velosipedlarini qarovsiz va ochiq holda qoldirmas atroflicha tushuntirilmoqda.

Shuningdek, tungi vaqtlarda oʻgʻrilik jinoyatlarining oldini olish maqsadida maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ta’lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda xizmat qilayotgan qorovullarning hushyorligi ham muntazam monitoring qilib borilmoqda.

Bir soʻz bilan aytganda, otryad xodimlari hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida zimmalariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan ado etmoqdalar.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech