2 Iyul 2022 yil 551

Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasida navbatdagi ma’naviyat-ma’rifat darsi oʻtkazildi

Tadbir avvalida Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasining “AXBOROT” informatsion koʻrsatuvi namoyish etildi.

Shundan soʻng Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali kompyuter injiniringi fakulteti oʻqituvchisi Dostonbek Tojimatov tomonidan “Internet muhiti va axborot oʻzgarishlari” mavzusida ma’ruza qilindi.

“2-iyul - Davlat gerbi qabul qilingan kun va Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi muhokamasi” mavzusida ma’ruza ham soha xodimlariga manzur boʻldi.

Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Fargʻona viloyati kengashi bosh mutaxassisi, Respublika ma’rifat targʻibotchilari a’zosi Muqaddasxon Shokirova davlatimiz gerbining qabul qilinishi, uning qadr-qimati va ahamiyati haqida atroflicha soʻz yuritdi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasi mazmun-mohiyati yuzasidan ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbir yakunida Ichki ishlar vazirining tegishli buyrugʻi bilan ragʻbatlantirilgan va navbatdagi maxsus unvon olgan xodimlar tantanali ravishda taqdirlandi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.

Text to speech