Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasida kitoblar tаqdimoti oʻtkazildi
Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasida “El-yurt osoyishtaligi generallari”, “Ichki ishlar organlarining mard oʻgʻlonlari”, "Faxriylar - faxrimiz" hamda “Oʻzbekiston xalqi xizmatida” nomli kitoblarning taqdimoti oʻtkazildi.
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi IIV Birlashgan kasaba uyushmasi bosh mutaxassisi, iste’fodagi polkovnik A.Sattorov, vazirlik Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash departamenti katta inspektori, podpolkovnik Q.Shokirov, IIV Akademiyasi dotsenti, podpolkovnik Q.Qodirovlar ishtirok etib, kitoblarning yaratilish tarixi, mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berishdi.
Jumladan, iste’fodagi polkovnik A.Sattorov mazkur kitoblarda Oʻzbekistondan yetishib chiqqan generallar, shuningdek, sohada samarali mehnat qilgan fidoyi faxriylar, xizmat burchini bajarish chogʻida halok boʻlgan xodimlarning jasorat va matonati aks ettirilganligini alohida ta’kidladi. Ushbu asarlar soha xodimlarining ma’naviy-siyosiy bilimlarini boyitishga xizmat qilishi qayd etildi.
Oʻz oʻrnida soʻzga chiqqan kitobxon xodimlar mazkur kitoblarning ahamiyati haqida oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Taqdimotda kitobsevar xodimlar mualliflarga oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, atroflicha javob oldilar.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati