Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchilari Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida "Vatanparvarlik oyligi" doirasida uchrashuv tashkil etildi
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining sohaga doir tegishli qaror va farmonlari ijrosini ta’minlash, Mustaqilligimizning 31 yilligi bayramini koʻtarinki ruhda qarshi olish, hamda 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, yoshlarga oid davlat siyosatining ustivor yoʻnalishlari haqida soʻz bordi.
Shuningdek, yoshlarning erishayotgan yutuqlarni mustahkamlanib, inson huquq va manfaatlari, uning qadri, sha’ni va gʻururini yetakchi oʻringa olib chiqish ustuvor vazifamizga aylanganligi, hozirgi vaqtda yurtimiz tinchligi va barqarorligini saqlash, davlatimizning hududiy yaxlitligi va sarhadlarimiz daxlsizligini ta’minlash, millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik va hamjihatlikni mustahkamlash, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ishtirokchilarning fikr-mulohazalari tinglandi.
Kelgusida hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar xususida kelishib olindi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati