22 Mart 2020 yil 4880

FАRGʼONА VILOYATI ICHKI ISHLАR BOSHQАRMАSI ICHKI ISHLАR ORGАNLАRI XIZMАTIGА NOMZODLАR TАNLOVINI E`LON QILАDI.

Xizmatga tanlov asosida ixtiyoriy tartibda Fargʼona viloyatida doimiy roʼyxatda turuvchi, yoshi oʼn sakkizdan kichik va oʼttizdan katta boʼlmagan, shu jumladan, oʼttiz yoshdagi ham oliy maʼlumotga ega, sogʼligʼining holati va jismoniy tayyorgarligi boʼyicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadi.

Bunda boʼyi 165 sm.dan past boʼlmagan, Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni oʼtagan yoxud oliy oʼquv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan oʼtgan erkaklar hamda boʼyi 160 sm.dan past boʼlmagan ayollar qatnashishlari mumkin.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar 2020 yilning 21 martdan 03 aprelgacha yashash hududlarida joylashgan ichki ishlar organlarining kadrlar boʼlimlariga murojaat etishlari lozim.
Nomzodlar oʼzlari bilan fuqarolik pasporti (nusxasi bilan), harbiy guvohnomasi hamda diplomini olib kelishlari talab etiladi.

Murojaat uchun telefon: 73-244-15-56.

FАRGʼONА VILOYATI ICHKI ISHLАR BOSHQАRMАSI KАDRLАR BOSHQАRMАSI

Text to speech