20 Yanvar 2022 yil 400

Fargʻona viloyati firibgarlik jinoyatini sodir etib qidiruvda yurgan shaxslar qoʻlga olindi

2022-yil kuni 19-yanvar kuni Fargʻona viloyati IIB PPX va JTSB 2-batalon 2-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan Yu.N.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Margʻilon shahar IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan A.R.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech