23 Yanvar 2023 yil 496

Fargʻona viloyat IIBda navbatdagi Ma’naviyat va ma’rifat darsi boʻlib oʻtdi

Viloyat IIBda oʻtkazilgan navbatdagi Ma’naviyat va ma’rifat darsi xodimlarning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda kasbiy bilimlarini boyitishda, ularning qalbidagi vatanparvarlik tuygʻularini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligi Fargʻona Akademik litseyi oʻqituvchisi Dildora Xakimova “Davlat tili - birligimiz, borligimiz ramzi” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ma’ruzada ona tilimizni qadrlash, uni hurmat qilish va asrab-avaylash borasidagi qimmatli fikrlar oʻrtaga tashlandi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-10-son Qarori mazmun-mohiyati barcha ichki ishlar organlariga yetkazildi. Jahon, Respublika va viloyatimizdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat boʻyicha axborot, yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar hamda Ichki ishlar vazirining tegishli buyruqlari xodimlarga tushuntirildi.

"Bir chimdim" ma’naviyat videoroliklari esa soha xodimlarining siyosiy, huquqiy va ma’naviy bilimlarini mustahkamladi.

Tadbir koʻplab xodimlar uchun esda qolarli voqealarga ham boy boʻldi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Chegara Qoʻshinlari qoʻmondoni tomonidan taqdirlangan xodimlarga mukofotlar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, viloyat IIB boshligʻining shaxsiy tarkib boʻyicha tegishli buyrugʻi bilan nafaqaga chiqqan xodimga esdalik sovgʻalari taqdim etilib, ehtirom bilan nafaqaga kuzatildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech