29 Oktyabr 2021 yil 1512

Fargʻona viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasida 2021-yilning 9 oyi yakuni boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tahlili va muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi

Karantin talablari asosida, videokonferensaloqa tarzida tashkil etilgan tadbirda Tergov boshqarmasi boshligʻi, oʻrinbosari, shahar-tuman tergov boʻlinmalari rahbarlari, surishtiruvchi va tergovchilar ishtirok etdi.

Unda soha xodimlarining tergov sifati, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv va tergov oʻtkazish vaqtida erishgan yutuqlari, yoʻl qoʻyilayotgan xato va kamchiliklari haqida soʻz yuritildi. Kelgusida bajarilishi zarur boʻlgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Tadbirda davomida tergov boshqarmasi va uning quyi boʻlinmalari tomonidan jinoyat ishlarini tergov qilishda bir qator ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi. Bunda tizimda xizmat qilayotgan har bir rahbar va xodimning hissasi borligi ta’kidlandi.

Biroq, ijobiy koʻrsatkichlar bilan birga, xato va kamchiliklar ham borligi aytib oʻtildi. Ish sifati ijobiy tomonga oʻzgarmayotgan ayrim tergov boʻlinmalar va xodimlar tanqid qilindi, ularga zarur koʻrsatma hamda tavsiyalar berildi.

Shuningdek, namunali faoliyat olib borayotgan tergov boʻlinmalari, surishtiruvchi
va tergovchilar e’tirof etilib, ular tashakkurnoma, faxriy yorliq, pul mukofotlari, kompyuter jamlanmasi, konditsioner hamda boshqa sovgʻalar bilan ham taqdirlandi.

Tadbirda, Tergov boshqarmasi boshligʻi A.K.Kozimov jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va xalqimiz ishonchini qozonish uchun mutlaqo yangicha kayfiyat va gʻayrat-shijoat bilan ishlash zarurligini alohida ta’kidladi.

Yakunda, Ishni sifat jihatidan yaxshilash, xato va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha, kelgusida qilinishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech