Fargʻona viloyat IIB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Akbar Yusupov yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazib, ularning murojaatlarini ijobiy xal etmoqda
Fargʻona viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati rahbari, podpolkovnik Akbar Yusupovning joylarda yoshlar bilan oʻtkazayotgan uchrashuv va muloqotlari ertamiz egalarining orzu va istaklariga qanot bermoqda.
Qoʻqon shahrida oʻtkazilgan uchrashuvda Qoʻqon shahri va Oʻzbekiston tumani yoshlari bilan muloqot oʻtkazilib, ular tomonidan bildirilgan murojaatlar ijobiy xal etildi.
Masalan, shaharning “Qaymoqliguzar” MFYda yashovchi Muazamxon Ahmedova pishiriq pishirish uchun elektr pech soʻragan. 10-may kuni podpolkovnik Akbar Yusupov uning xonadoniga borilib, pech sovgʻa qildi.
Oʻzbekiston tumani yoshlari bilan oʻtkazilgan uchrashuvda Zinasha MFYda yashovchi Lazizbek Madaminov uchun onasining elektr aravacha soʻrab qilgan murojaati ham e’tiborsiz qolmadi. Mutasaddi uning ham uyiga borib, elektron aravachani taqdim etdi.
Rishton tumanida oʻtkazilgan yoshlar bilan uchrashuvda Oqtomir MFYda yashovchi Samandar Zokirov murojaat qilib, kompyuterga ehtiyoji borligini bildirgan va amaliy yordam soʻragan. Samandarning orzusi ham koʻp oʻtmay amalga oshdi. Viloyat IIB rahbarlari uning xonadoniga borib, noutbuk sovgʻa qilishdi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati.