21 Fevral 2020 yil 651

Fargʼona viloyati ichki ishlar organlarining mustaqil boshqarmalari, boʼlim va boʼlinmalari boshliqlarining tarbiyaviy ishlar boʼyicha oʼrinbosarlari ishtirokida oʼquv seminari oʼtkazildi.

Joriy yilning 20 fevral kuni viloyat ichki ishlar organlarining mustaqil boshqarmalari, boʼlim va boʼlinmalari boshliqlarining tarbiyaviy ishlar boʼyicha oʼrinbosarlariishtirokida oʼquvseminari oʼtkazilib, seminarda 2019 yil davomida Viloyat ichki ishlar organlari xodimlaritomonidan yoʼl harakati xavfsizligi qoidalari, xizmat va ijro intizomi buzilishi holatlari,shuningdek, sodir etilgan yoʼl-transport xodisalari, shahar va tuman kesimida tahlil qilingan koʼrgazmali stendlar, xodimlar uchun tayyorlangan uslubiy qoʼllanmalar, ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi oʼrtasida korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarga yoʼl qoʼymaslik, taʼmagirlik, poraxoʼrlikni oldini olishga qaratilgan“Vijdoningni necha pulga sotasan”, “Biz korruptsiyaga qarshimiz”, “Korruptsiyaning oxiri voy”, “Berma!, Olma!”nomli targʼibot va tashviqot bannerlari, xodimlar oʼrtasida xizmat intizomi va qonunchilikmustahkamlashga qaratilgan “Sadoqatli xizmat, qatʼiy tartib-intizom muvaffaqqiyat omili”, “Unutma! Seni har kuni qadrlovchi insonlaring ota-onang, oilang va aziz farzandlaring kutmoqda”, “Zamonaviy ichki ishlar organi xodimi bilimli, kuchli va xalq bilan muloqot qilishni bilishi shart!” nomli bukletlari hamda “Bilib bosilgan tikan”, “Qasamidan qaytganlar”, “Yoʼl qoidasi umr foydasi”, “Video uslubiy qoʼllanma” nomli videoroliklar namoyish etilib, ushbu targʼibot va tashviqot materiallarini barcha shaxsiy tarkibga koʼpaytirib tarqatilishiva namoyish etilishiga kelishildi. Bundan tashqari,viloyat Ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan chop etilgan “Burchga sadoqat” nomli gazetaning dastlabki soni barcha seminar qatnashchilariga tarqatildi.
Shuningdek, seminar davomida xodimlarni bugungi davr talablaridan kelib chiqib, malakali kadr sifatida tarbiyalash, oʼqitish boʼyicha amalga oshirilishi lozim boʼlgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Oʼtkazilgan oʼquv seminari davomida, chorak mobaynida xizmat intizomi va qonuniylikni buzilishiga yoʼl qoʼymagan shahar va tuman ichki ishlar organlarining moddiy texnik bazasini yanada yaxshilash va xodimlar xizmat olib borishlari uchun zarur boʼlgan anjomlar bilan birinchi navbatda taʼminlash orqali xodimlar oʼrtasida sogʼlom raqobatni shakllantirib borish toʼgʼrisida fikrlar bildirildi.
Shuningdek, oʼquv seminari yakunida doimiy ravishda oʼzaro hamkorlikda xizmatni tashkil etish, kelgusida ushbu yoʼnalishdagi ishlar davom ettirilishiga kelishib olindi.

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech