16 Iyun 2022 yil 1940

FARGʻONA – VAZIR KUBOGINING MINTAQAVIY BOSQICHIGA MEZBONLIK QILDI

Fargʻona shahridagi “Samo” sport majmuasida sportning voleybol turi boʻyicha uchinchi sektor hududida yashovchi uyushmagan yoshlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan Ichki ishlar vaziri kubogining mintaqaviy bosqichi boʻlib oʻtdi.

Unda Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlarida oʻtkazilgan hududiy bosqichlarda gʻolib boʻlib, mintaqaviy bosqichga yoʻllanma olgan uchta jamoa ishtirok etib, oʻzaro kuch sinashdi.

Qizgʻin va doʻstona musobaqalarda sportsevar yoshlar oʻz mahoratlarini ishga solib, gʻoliblik uchun bahs olib bordilar.

Musobaqa kuniga koʻra, Fargʻona viloyatining “Margʻilon” jamoasi faxrli 1-oʻrinni, Andijon viloyatining “Izboskan” jamoasi 2-oʻrinni, Namangan viloyatining “Yangi Namangan” jamoasi esa 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi.

Gʻolib jamoalar va musobaqada faol ishtirok etgan yosh sportchilarga Ichki ishlar vazirligi mas’ul xodimlari hamda Fargʻona viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbarlari tomonidan kubok, diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari topshirildi.

Endilikda mintaqaviy bosqichda 1-oʻrinni egallagan Fargʻona viloyatining “Margʻilon” jamoasi Vazir kubogining Respublika bosqichida ishtirok etib, asosiy sovrin uchun kurashni davom ettiradi.

Text to speech