6 May 2022 yil
493
Farg'ona va Qo'qon shahrida qidiruvdagi shaxslar qo'lga olindi
5 may kuni Farg'ona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismida (firibgarlik) ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, Farg'ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruv e'lon qilingan U.S.ni qo'lga olishdi.
Shuningdek, Qo'qon shahar IIB HPB xodimlari Jinoyat kodeksining 131-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e'lon qilingan M.I.ni qo'lga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma'lumotga ega bo'lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo'limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta'minlanadi.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati