Fargʼona va Qoʼqon shaharlarida “Kutazuv markazlari” tashkil etildi
Zamonaviy ichki ishlar tizimi har qanday vaziyat va sharoitda eng soʼnggi rusumdagi texnikalar koʼmagiga ehtiyoj sezadi. Bu borada Fargʼona viloyati IIB tomonidan maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tezkor vaziyat barqarorligini taʼminlash, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligi va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish maqsadida, Fargʼona va Qoʼqon shaharlarining savdo markazlari, chorrahalar, maktablar, madaniyat, istirohat bogʼlari va boshqa koʼngil ochar maskanlar hududlari videokuzatuvga olinib, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda ichki ishlar kuch va vositalari orqali tezkor harakatlarni olib borish uchun Fargʼona viloyati IIB Аxborot texnalogiyalari aloqa va axborotni himoyalash boʼlimi “Kompьyuter markazi” DUK navbatchilik qismlariga xizmat koʼrsatish guruhining texnik lavozimlari tashkil etildi.
Bugungi kunda mazkur lavozimlarga 12 nafar nomzodlar mehnat shartnomalari asosida xizmatga qabul qilinib, Fargʼona va Qoʼqon shahar hududlari doimiy ravishda kuzatuv ostiga olinishi, aniqlangan har qanday vaziyat va holatlarga tezkorlik bilan kuch va vositalarni jalb etish vazifalari belgilanib, kunu-tun xizmat olib boruvchi smenali tartib joriy etildi.
Аlbatta, zamonaviy texnika, kuch va vositalardan oqilona foydalanish, mazkur hududlarda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga, fuqarolarning tinch va osuda hayot kechirishlariga xizmat qiladi.
Mazkur xizmatlarning yoʼlga qoʼyilishi bilan bogʼliq yangiliklar haqida yana xabar beramiz.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati