16 Dekabr 2021 yil 437

Fargʻona va Qoʻqon shahrida qidiruvdagi shaxslar qoʻlga olindi

15-iyul kuni Fargʻona shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan E.A.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Qoʻqon shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 171-moddasi 2-qismida (jinoiy yoʻl bilan topilgan mulkni olish yoki oʻtkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan N.S.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech