24 Avgust 2021 yil 436

Fargʻona va Margʻilon shahrida qidiruvda yurgan shaxslar qoʻlga olindi

 

24-avgust kuni Fargʻona shahar IIO FМB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan D.X.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Margʻilon shahar IIB xodimlari Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismida (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan R.E.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech