23 Mart 2022 yil 250

Fargʻona viloyatida tergovdan yashiringan ikki nafar shaxs qoʻlga olindi

22-mart kuni Fargʻona viloyati IIB TQXB va Margʻilon shahar IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan R.U.ni Margʻilon shahri hududida qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan T.Oʻ.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech