14 Iyul 2022 yil
514
Fargʻona tumanida yer olib berishni va’da qilgan shaxs firibgar boʻlib chiqdi
Fargʻona tumani.2020-yilning aprel oyida B.B fuqaro J.G.ning ishonchiga kirib, unga Shifokor mahalla hududida joylangan 4 sotix yerni olib berishini vada qilib, undan 4.000.000 soʻm pulini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati