6 Iyul 2023 yil
358
Fargʻona tumanida xonadonida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
Fargʻona tumani. 2023-yilning 03-iyun kuni tuman IIB JQB va HPB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Konchilar mahalla hududida yashovchi M.K.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadonida “Marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati