28 Iyun 2022 yil 462

Fargʻona tumanida xonadonga oʻgʻirlikka tushgan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona tumani. Konchilar mahalla hududida yashovchi fuqaro N.M IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 11-iyun kunidan 12-iyun kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib kiyim ilgichdagi shimi choʻntagidan pasporti, 300.000 soʻm pullarini va uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.M sodir etganligi aniqlanib, daliliy ashyo bilan ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech