24 Aprel 2023 yil 428

Fargʻona tumanida xonadondan uy roʻzgʻor buyumlarini oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi

Fargʻona tumani. Navroʻz mahalla hududida yashovchi fuqaro X.M IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning fevral oyidan 25-mart kunigacha noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadonidan jami narxi 2.600.000 soʻmlik 4 dona parkoʻrpa, 1 dona tibbiyot apparati, muzlatgich matori va boshqa uy-roʻzgʻor buyumlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.X sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech