11 Noyabr 2021 yil 381

Fargʻona tumanida xonadondan tillo taqinchoqlar va pullarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

27-oktabr kuni Fargʻona tumani, Farovon turmush koʻchasida yashovchi T.Q ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni soat 11:00 dan 13:30 gacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs uning yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidan 5 000 AQSH dollarlik tillo taqinchoqlari, 300 AQSH dollari va 500.000 soʻm pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur xolat yuzasidan Fargʻona tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.B. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

 

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech