Fargʻona tumanida xonadondan telivizor, qozonxona isitish moslamasi va qozon oʻgʻirlagan shaxs fosh boʻldi
Fargʻona tumani. 25-dekabr kuni fuqaro A.O ismli fuqaro IIBga murojaat qilib, unda 18-dekabr kunidan 25-dekabr kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs Ma’shal MFY hududidagi hovlisiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, hovlisida boʻlgan narxi 3.000.000 soʻmlik telivizori, narxi 3.500.000 soʻmlik qozonxona isitish moslamasi va narxi 100.000 soʻmlik qozonini yashirin ravishda oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni B.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati