Farg'ona tumanida xonadondan telefon apparati va boshqa buyumlarni o'g'irlagan shaxs aniqlandi
Farg'ona tumani. Marg'ilon mahalla hududida yashovchi M.A IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning fevral oyi boshlarida nomaʻlum shaxs, yashash xonadoniga g'ayriqonuniy ravishda kirib, xonadonida bo'lgan umumiy narxi 4.000.000 so'mlik “Redmi 7” va “Vivo” rusumli telefon apparatlari, narxi 300.000 so'mlik “Hot-U” rusumli qo'l soati, narxi 400.0000 so'm pullari va haydovchilik guvohnomalarini yashirin ravishda o'g'irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʻlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg'ona tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga etmagan M.J sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati