Fargʻona tumanida xonadondan pul va va telefon apparatini oʻgʻirlagan ayol fosh boʻldi
Fargʻona tumani. Doʻstlik mahalla hududida yashovchi fuqaro N.F IIBga murojaat qilib, unda 16-may kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, yashash xonadoni yotoqxonasida boʻlgan 2.800 AQSH dollari va 1 dona narxi 2.000.000 soʻmlik “Samsung Galaxy S-7” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Sh.O ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati