Farg'ona tumanida xonadondan “og'u” topildi
Farg'ona tumani.2023 yilning 03 mart kuni tuman IIB JQB va HPB xodimlari bilan hamkorlikda o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, yuqori vodil mahalla hududida yashovchi A.Z.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko'zdan kechirilganda, xonadon yotoqxonasida “gashish” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Farg'ona tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati