Farg‘ona tumanida uyali telefon apparatini o‘g‘irlagan shaxs aniqlandi
Farg‘ona tumani. 02 dekabr kuni fuqaro O‘.F IIBga murojaat qilib, unda 01 dekabr kuni nomaʼlum shaxs “Tiko” rusumli avtomashinasiga yo‘lovchi sifatida chiqib, avtomashina salonida qarovsiz qoldirilgan narxi 3.500.000 so‘mlik “Ред Ми9” rusumli uyali telefon apparatini yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.X sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling! Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati