Fargʻona tumanida taqiqlangan giyohvandlik vositalarini sotgan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona tumani. 2023 yil 28 yanvar kuni Fargʻona tumani IIB JQB xodimlari tomonidan olib borilgan tadbir davomida, X.S Qorasuv mahalla hududida 300.000 soʻm evaziga “gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida, daliliy ashyo bilan ushlangan.
Holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni isteʼmol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati