9 Fevral 2023 yil
549
Fargʻona tumanida talonchilik sodir qilgan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona tumani. 2023-yil 06-fevral kuni soat 13:00 larda A.A va L.L.lar bir guruh boʻlgan holda tanishi K.S.ni Yambaroq MFY hududiga olib kelishib, tanasining turli joylariga qoʻllari bilan urishib, ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishib jami 3.400.000 soʻm pullarini talonchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritishgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a.b” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati