5 Noyabr 2022 yil 383

Fargʻona tumanida talonchi qoʻlga olindi

Fargʻona tumani.2022-yilning 30-oktabr kuni T.Sh Mozortagi mahalla hududida AN. “Нокиа-1201” rusumli telefon apparati hamda yonida boʻlgan 15.000 soʻm pullarini ochiqdan-ochiq talonchilik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 1-qismi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Fargʻona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqoridagi koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi haqida eslatib oʻtadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech