Fargʻona tumanida shubha uygʻotgan avtomashina haydovchisining yonidan “ogʻu” topildi
Fargʻona tumani. 2023-yilning 05-aprel kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Yoshlik koʻchasida toʻxtab turgan “Neхia” rusumli avtomashina shubha uygʻotganligi sababli uni tekshirib koʻrilganida, avtomashina haydovchisi Q.Sh.ning qoʻlida “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati