Fargʻona tumanida “Red MI-7” rusumli narxi 2.000.000 soʻmlik telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona tumani. Fuqaro S.S IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 10-may kuni noma’lum shaxs Mozortagi mahalla hududida joylashgan poliklinikaga davolanish uchun kelgan vaqtida unga tegishli “Red MI-7” rusumli narxi 2.000.000 soʻmlik telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa voqea joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Q.B sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati