Fargʻona tumanida qimor oʻyini tashkil qilgan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona tumani. 2022-yil 17-iyun kuni tuman Fargʻona viloyati IIB JQB, TVBSO, Milliy Gvardiya hamda Fargʻona tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Qurilish MFY hududida yashovchi Q.A.yashash uyi xovlisida xoʻroz oʻyini uchun maxsus joy tashkil etib fuqarolar F.S va R.Sh.larni 1 000 000 soʻmdan pul tikib xoʻrozlarini urishtirishlariga sharoit yaratib berganligi aniqlanib, xoʻroz oʻyini uchun tikilgan jami 5 205 000 soʻm pullar daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Q.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish)da koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati