Fargʻona tumanida plastik kartaning maxfiy kodlarini qoʻlga kiritib pul oʻgʻirlagan ayol aniqlandi
Fargʻona tumani. I.G ismli ayol IIBga murojaat qilib, 2023 yil 28 yanvar kuni nomaʼlum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasi maxfiy kodini qoʻlga kiritib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 800.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab yechib olgangligi, nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.Z ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari oilib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati