Fargʻona tumanida plastik kartadan pul yechgan shaxs aniqlandi
Fargʻona tumani. Sh.O ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 09-dekabr kuni noma’lum shaxs bank tomonidan berilgan plastik kartasiga kompyuter tizimi orqali ruxsatsiz kirib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 2.000.000 soʻm pullarni yashirin ravishda oʻgʻirlab yechib olganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni I.I. sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati