13 Aprel 2022 yil
472
Fargʻona tumanida plastik kartadan pul oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona tumani.2022-yilning 07-mart kuni K.T IIBga murojaat qilib, unda noma’lum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasidan 2.010.000 soʻm pullarini yechib olganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.D sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati