24 Yanvar 2023 yil 380

Fargʻona tumanida “Paynet” shaxobchasidan 300 AQSH dollar pullarini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga olindi

Fargʻona tumani. Q.U IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 13-yanvar kunidan 14-yanvar kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Vodil mahalla markazida joylashgan “Paynet” shaxobchasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, 300 AQSH dollar pullarini yashirin ravishda oʻgʻirilab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Yu.U sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech