25 Yanvar 2023 yil 387

Fargʻona tumanida marixuana giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Fargʻona tumani. 2023-yil 15-yanvar kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Oʻrtaqishloq mahalla hududida yashovchi M.T.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, xonadon ayvonidan marixuana giyohvandlik moddasini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bandi bilan jinoyat ishi oʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech