22 Oktyabr 2022 yil 415

Fargʻona tumanida “marixuana” giyohvandlik moddasini yonida saqlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona tumani.2022-yil 27-sentabr kuni Fargʻona tumani IIB JXX HPB profilaktika inspektori tomonidan Logʻon mahalla hududidagi toʻyxonani oldida M.F.ning yoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda choʻntagidan “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech