Fargʼona tumanida konteynerni oʼgʼirlagan shaxs qoʼlga tushdi
Fargʼona tumani. Fuqaro А.F IIBga murojaat qilib, unda 2022 yilning 14 noyabr kuni nomaʼlum shaxs Mindonobod mahalla hududida qarovsiz holda turgan 1-dona 6-metrlik temir konteneri hamda kontener ichida boʼlgan qurilish materiallarini yashirin ravishda oʼgʼirlab, hodisa yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʼona tumani IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʼgʼirlik) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.H sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʼz mol-mulkingiz, pul mablagʼlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʼgʼirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʼshgan boʼlasiz.
Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati