Fargʻona tumanida “koʻknori” parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi
Fargʻona tumani. 2023-yil 25-aprel kuni tuman IIB JQB va HPB xodimlari hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Qurilish mahalla hududida yashovchi Y.X.ni yashash xonadoni tomorqasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 10 tup koʻknor oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniklanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati