27 Yanvar 2023 yil 403

Fargʻona tumanida giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi

Fargʻona tumani. 2023-yil 20-yanvar kuni Fargʻona tumani IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Pastki archa mahalla hududida yashovchi S.A.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, “Marixuana” giyohvandlik moddasiga oʻxshash moddalarni saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech