15 Dekabr 2021 yil 517

Fargʻona tumanida gilam tagida “gashish” giyohvandlik moddasini saqlayotgan shaxs aniqlandi

Fargʻona tumani. 10-dekabr kuni viloyat IIB TEQKB va tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Navroʻz MFY hududida yashovchi M.T.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, mehmonxonasidagi gilam ostida “gashish” giyohvandlik moddasi saqlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarni iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech