24 Dekabr 2022 yil 355

Fargʻona tumanida temir buyumlarni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona tumani. T.X ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 14-dekabr kuni noma’lum shaxs Mozortagi mahalla hududida qarovsiz qoldirilgan narxi 3.000.000 soʻmlik bir dona temir pech, 3.000.000 soʻmlik temir buyumlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni S.I va M.S.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech