Fargʻona tumanida gaz hisoblagichni oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona tumani.B.U IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 25-sentabr kunidan 07-oktabr kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida noma’lum shaxs, Mindonobod mahalla hududida joylashgan atrofi temir panjara bilan oʻralgan gaz taqsimlash joyiga, gʻayriqonuniy ravishda kirib, MCHJga qarashli bir dona narxi 15.000.000 soʻmlik “STG-B 80/250” markali gaz hisoblagichini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni B.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati