Fargʻona tumanida “gashish” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona tumani.29-mart kuni tuman IIB JQB va JXX HPB profilaktika inspektorlari hamkorlikda Qoʻrgʻontepa MFY hududida oʻtkazilgan tadbir davomida, U.B. oʻzini shubhali tutganligi sababli toʻxtatilib egnidagi kiyimidan qora rangli sellofan paketga oʻralgan, gashish giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati