10 Sentyabr 2022 yil 678

Fargʻona tumanida fuqaroning pullarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Fargʻona tumani.2022-yilning 04-avgust kuni M.S ismli shaxs telegramm ijtimoiy tarmogʻi orqali fuqaro F.Z.ni ishonchiga kirib, unga voyaga yetmagan farzanlari boʻlsa moddiy yordam berilishini, buning uchun guruhga plastik karta raqamini yuborishi haqida yolgʻon xabar yuborib, tegishli bank tomonidan berilgan plastik karta xos raqamini koʻlga kiritib, karta hisobida boʻlgan jami 6.582.750 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan yechib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech