Farg‘ona tumanida poyezd attraksionining temirdan ishlangan ko‘targichini o‘g‘irlagan shaxslar fosh bo‘ldi
Farg‘ona тумани.Fuqaro А.А IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 30 mart kuniga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs, Satkak mahalla hududida joylashgan dam olish maskanidagi narxi 3.500.000 so‘mlik qo‘lbola usulida yasalgan poyezd attraksionining temirdan ishlangan ko‘targichini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʼlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Ж.А va М.А sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, o‘z mol-mulkingiz, pul mablag‘laringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan o‘g‘irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo‘shgan bo‘lasiz.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati